Poplik ota sudda farzandining alimenti uchun 6300 AQSh dollarni to'ladi

0

Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo'limi va jinoyat ishlari bo'yicha Pop tuman bo'limi sudi hamkorligida o'tkazilgan tadbir jarayonida qarzdor ota 1 nafar farzandining voyaga yetgunga qadar hisoblangan aliment to'lovini to'liq to'lab berdi.

Prezidentimizning 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Byuroning Pop tuman bo'limi tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko'rib kelinmoqda.

Jumladan, aliment bilan bog'liq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash maqsadida keng jamoatchilik va aholi o'rtasida targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. O'z o'rnida alimentni o'z vaqtida to'lamagan fuqarolarga nisbatan tegishli choralar ko'rilmoqda.

Yaqinda Byuroning Pop tuman bo'lim ish yurituvida Chust tumanlararo sudining buyrug'iga asosan Sh.Nazarovdan N.Musurmonqulova foydasiga bir nafar farzandining moddiy taminoti uchun aliment undirish belgilangan.

Fuqaroga alimentni o'z vaqtida to'lab borishligi tushuntirilgan va ogohlantirilgan. Biroq, u bunga ma'suliyatsizlik bilan qarab qarzdorlikni bartaraf etmaydi. Natijada, bo'lim davlat ijrochisi tomonidan to'plangan hujjatlar sudga yuboriladi.

Bo'lib o'tgan sud jarayonida qarzdor otaga yana bir imkoniyat beriladi. U bundan to'g'ri xulosa qildi va bir yo'la farzandi voyaga yetgunga qadar hisoblangan salkam 66 mln. so'm o'rniga 6300 AQSh dollarini to'lab berdi.

Amalda ijro hujjati tamomlandi.

loading...