Toshkent shahrida 34 yoshli enaga o'g'irlikda gumonlanib qo'lga olindi

0

Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko'ra, 24 aprel kuni tanishi 56 yoshli Yelena B.ning nabiralariga enagalik qilgan 34 yoshli Yelena O. uy egasi yo'qligidan foydalanib, uydan 3.000 AQSh dollari va 7.000.000 so'm pulni o'g'rilab ketgan. Mazkur fakt asosida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 2 qismi (“O'g'rilik”) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Gumonlanuvchi qo'lga olingan, tergov davom etmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

loading...