Andijonda “gallyutsinatsiya” oqibatida jinoyat sodir qilindi

0

Andijon viloyati. 2021 yilning 02 may kuni soat 02:30 larda noma'lum shaxs Andijon shahri Boburshoh ko'chasida joylashgan aviakassa binosiga deraza orqali kirib, binodagi temir seyf ichidan jamiyatga tegishli 92 221 000 so'm pullarni o'g'irlab hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni avtomashina ustasi 25 yoshli X.Odilbek sodir etganligi aniqlanib, undan 36 600 000 so'm pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan X.Odilbekka nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (O'g'rilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Tergov harakatlari davomida, X.Odilbek o'z ko'rsatuvida gallyutsinatsiyaga olib keluvchi tabletkalar ta'siri ostida ushbu jinoyatni sodir qilganligini ma'lum qilgan.

Hozirda X.Odilbekning qon namunalari olinib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Jinoyat ishi doirasida barcha holatlarga huquqiy baho berilishi ta'minlanadi.

loading...