Armaniston prezidenti ikki davlat fuqaroligi uchun sudlanishi mumkin

0

Armaniston Bosh prokuraturasi mamlakat prezidenti Armen Sarkisyanning ikki davlat fuqaroligini yashirgani to'g'risidagi ma'lumot bo'yicha ish ochdi. Bu haqda Armaniston Advokatlar palatasi rahbari Ara Zograbyan o'zining Facebook sahifasida e'lon qildi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».

Advokatlar Armaniston Maxsus tergov xizmatining jinoiy ish qo'zg'atishdan bosh tortgan qaroriga apellyatsiya shikoyatidan keyin Sarkisyanga qarshi ish ochildi. Zograbyanning ta'kidlashicha, «Bosh prokuratura shikoyat asosida Maxsus tergov xizmatining qarorini bekor qildi va Jinoyat kodeksining 325-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish, ularni tayyorlash yoki ulardan foydalanish) 1-qismi bilan ish ochdi».

Armaniston konstitutsiyasining 124-moddasi 2-qismiga muvofiq, so'nggi olti yil davomida Armaniston fuqarosi bo'lgan va mamlakatda doimiy yashagan 40 yoshdan oshgan shaxs mamlakat prezidenti etib saylanishi mumkin. Zagrobyanning ma'lmuot berishicha, 2018 yil mart oyida prezident etib saylangan Sarkisyan kamida 2012 yilning oxirigacha Buyuk Britaniya fuqaroligini saqlab qolgan. Amaldagi qonunga ko'ra, agar Sarkisyan Buyuk Britaniya fuqaroligidan 2012 yilning 1 martigacha chiqqan bo'lsa, u prezident etib saylanishi mumkin edi.

Bundan tashqari, Advokatlar palatasi rahbari Sarkisyanning diplomatik vazifasini xususiy tadbirkorlik bilan aralashtirb yuborganini tasdiqladi.

Rossiya—Armaniston strategik va jamoat tashabbuslari markazi ma'lumotlariga ko'ra, prezidentni saylash vaqtida yashash talabiga oid talablar buzilgan. Buyuk Britaniya soliq xizmatining ma'lumot berishicha, Eurasia House International MChJning ta'sischisi va direktori Armen Sarkisyan 2011 yildan 2014 yilgacha bo'lgan davrda soliq organlariga taqdim etilgan hujjatlarda yashash joyi va fuqaroligi sifatida Buyuk Britaniyani ko'rsatgan.

Sarkisyanning o'zi 2011 yilda Buyuk Britaniya fuqaroligidan chiqqanini bir necha bor ta'kidlagan.

Avvalroq Armaniston parlamenti 3 may kuni bo'lib o'tgan maxsus yig'ilishda respublika bosh vazirligiga yagona nomzod bo'lgan Nikol Pashinyanni egallab turgan lavozimiga qayta saylamagani haaqida xabar berildi.

«Mening qadamim» boshqaruvchi fraksiyasi ovoz berishda betaraf qoldi, «Obod Armaniston» muxolifat partiyasi majlisda ishtirok etmadi, «Yorqin Armaniston» muxolifatchi partiyasi esa qarshi ovoz berdi.

loading...