Yer sayyorasiga ulkan asteroid yaqinlashmoqda

0

AQSh Milliy aviatsiya va kosmik ma'muriyati Yer sayyorasiga ulkan asteroid yaqinlashayotganini ma'lum qildi.

Xabarlarga ko'ra, osmon jismi 6 may, payshanba kuni Yer sayyorasidan etti million kilometr masofadan uchib o'tadi.

Ta'kidlanishicha, kosmik tosh 2021 AE4 deb nomlangan. Bu Yer va Oy o'rtasidagi taxminan 18 ta masofaga teng. Astronomlarning ta'kidlashicha, asteroidning diametric 260 metr bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, mutaxassislarning ta'kidlashicha, kosmik tosh Yerga xavf tug'dirmaydi.

korrespondent.net

loading...