Rasul Kusherbayevga suddan chaqiruv qog'ozi keldi. Unda deputat va Soliq qo'mitasi o'rtasidagi sud qachon bo'lishi aytilgan

0

Davlat soliq qo'mitasi Rasul Kusherbayevning «Human.uz» axborot portalidagi «So'z blogerlarga» ko'rsatuvining 23 fevraldagi sonida aytgan haqoratomuz so'zlarini sabab qilib, Fuqarolik ishlari bo'yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritgandi. Bu yuzasidan sud ishi qachon bo'lib o'tishi ma'lum qilindi, deb xabar berdi daryo.uz.

Ma'lum bo'lishicha, Rasul Kusherbayevga chaqiruv qog'ozi kelgan. Unda deputat va Soliq qo'mitasi kasaba uyushmalari o'rtasidagi sud jarayoni 12 may kuni soat 11:30 da Shayxontohur tumanlararo sudida bo'lishi belgilangani qayd etilgan.

Soliq qo'mitasi kasaba uyushmasi deputatdan gapirgan so'zi uchun 4,6 milliard so'm miqdorida ma'naviy zarar undirmoqchi. Bunday yirik miqdor qanday hisoblanganiga izoh berilmagan.

loading...