Sababsiz qayt qilish nimaning alomati?

0

Ko'p kishilar, ayniqsa, yosh bolalarda ba'zan, «oshqozon hazm qila olmasligi» natijasida qayt qilishlar yuz beradi. Ko'pincha bu hech qanday sababsiz paydo bo'ladi.

Bunda biroz qorin, ichaklar og'rishi yoki isitma chiqishi mumkin. Bunday oddiy qayt qilish jiddiy emas va ko'pincha o'zi yo'qolib ketadi.

Qayt qilish ba'zan yengil, ba'zan og'ir kasalliklar belgisi hisoblanadi, shuning uchun bunday kishilar yaxshilab tekshirib ko'rilishi kerak.

Ba'zan ovqatdan zaharlanish, o'tkir qorin og'rig'i, tomoq bezlarining shamollashi, quloq og'rig'i, siydik yo'llari infeksiyasi, o't pufagi og'rishi yoki migrenli bosh og'rishi ham qayt qilish sababchisi bo'lishi mumkin.