Sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitib tovlamachilik qilgan Buxorolik ayol qo'lga olindi

0

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi 1988 yilda tug'ilgan Ra'no (ism shariflari o'zgartirilgan), Kogon tumani Beklar mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug'ilgan Sharifaga, agarda unga 1.000 (ming) AQSh dollari bermaydigan bo'lsa, turmush o'rtog'i Mansur bilan ishqiy munosabatda bo'lib kelganligi haqidagi “sms” xabarlar va audio yozuvlarni uning oila a'zolariga ko'rsatish hamda internet tarmoqlarida tarqatish, shu orqali Sharifa uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitib, uni mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yib, Buxoro shahridagi “Markaziy Dorixona” oldida Sharifadan 10.000.000 (o'n million) so'm pullarni olayotgan vaqtida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Ra'noga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JK.ning 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, bugungi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

loading...