Koinotga sayohat qilish uchun chipta auksionga qo'yildi

0

Amazon platformasining asoschisi, dunyoning eng boy odami Jeff Bezosga tegishli «Blue Origin» kompaniyasi chorshanba kuni 20 iyulga rejalashtirilgan suborbital sayohat uchun chiptani sotuvga qo'ydi. Kompaniya xabarida aytilishicha, kemada faqatgina bir nafar turist uchun joy bo'ladi.

Chipta narxi besh hafta davom etadigan onlayn auksion natijalariga ko'ra aniqlanadi. Jalb etilgan mablag' esa kompaniyaning maxsus jamg'armasiga yo'naltiriladi.

2018 yilda chiptaning narxi kamida $200,000 bo'lishi xabar qilingan edi. Tahlilchilar bu ushbu raqam bundanda yuqori bo'lishini prognoz qilmoqdalar.

Turist uchun kapsula Nev Shepard kemasining eng yuqorisida joylashtiriladi. Bu esa sayyohga manzarani to'laligicha ko'rish imkonini beradi. Kemaning 105 kilometr tepalikka ko'tarilishi rejalashtirilgan. Bu tijorat parvozlarini amalga oshiruvchi samolyotlar ko'tariladigan balandlikdan 10 marta ko'pdir.

loading...