Sherobod tumanida o'g'ri jamoasi qo'lga olindi

0

Sherobod tumanida 2021 yilning 24 mart kuni tumanning “Mehrobod” mahallasida yashovchi, X.A. va tumanning “Bog'iobod” mahallasida yashovchi, B.A.lar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda 24 mart kuni tungi soat taxminan 03.00 lar chamasida, X.A.ning molxonasidan narxi 2 000 000 so'mdan bo'lgan 2 bosh qo'chqorlarini hamda B.A.ning 7 apreldan 8 aprel kuniga o'tar kechasi hovlisidagi ko'raxonasidan, narxi 2 000 000 so'mdan bo'lgan 2 bosh qo'ylarini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketishganligini ma'lum qilishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sherobod tumanida yashovchilar, F.B., E.T., A.B., tumandagi kollej talabasi, S.A. va M.B.lar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan.

9 aprel kuni F.B., E.T., A.B., M.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi va S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 127-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

loading...