O'zbekistonda ayrim darsliklar chet el nashriyoti darsliklari asosida ishlab chiqiladi

0

Maktab va oliygohlarda o'qitish sifatini oshirish uchun xalqaro andozalarga mos darslik va metodik qo'llanmalarni joriy etish maqsadida yangi o'quv yilidan Gersen universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan 2-sinf uchun rus tili darsligi va o'quv metodikalarini barcha maktablarda joriy etiladi. Shuningdek, ingliz tili bo'yicha Kembridj universiteti nashriyoti darsliklarini 200 ta maktabda aprobatsiyadan o'tkazib, keyingi yildan barcha maktablarda tatbiq qilinadi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Yil yakuniga qadar bu ishlarni nemis, koreys, xitoy va fransuz tillari bo'yicha ham tashkil etish lozim. Shu bilan birga, o'qituvchilarimiz o'z sohasida bo'layotgan o'zgarishlar, yangi adabiyot va qo'llanmalardan muntazam xabardor bo'lib borishlari kerak.Buning uchun, yangi o'quv yilidan boshlab, maktab o'qituvchilariga yangi adabiyot va qo'llanmalarni sotib olish uchun byudjetdan 1 million so'mdan mablag' ajratiladi”, – dedi Prezident

Bu 53 ming o'qituvchiga yiliga jami 53 milliard so'm demakdir.

Shu kabi Maktabgacha ta'lim vazirligi YuNISEF bilan hamkorlikda yil yakuniga qadar 7 yoshgacha bolalarga chet tillarini o'qitish bo'yicha uslubiy qo'llanma ishlab chiqib, bog'chalarda joriy etilishini ta'minlaydi.

loading...