Barselona cherkovi Ramazon oyida iftorlik uchun eshiklarini ochdi

0

Koronavirus cheklovlari ispaniyalik musulmonlarning iftorini yopiq joylarda o'tkazishiga to'sqinlik qilayotgan bir paytda, Barselonadagi katolik cherkovi ularga o'zlarining ochiq monastirlarini taklif qildi. Bu haqda islam.ru manbasi xabar beradi. Shunda ular Ramazonda birga iftorlik va ibodat qilishlari mumkin.

Taxminan 50-60 musulmonning aksariyati muhtojlar bo'lib, ular Santa Anna cherkoviga kelishadi, ko'ngillilar ularga uyda tayyorlangan mazali taomlarni taklif qilishmoqda.

«Odamlar katolik cherkovida musulmonlarning iftorlik qilishlaridan juda xursandlar, chunki dinlar bo'linish uchun emas, balki birlashish uchun», deydi Kataloniya Assotsiatsiyasi prezidenti Fauziya Chati.

Islom Jamiyatlari Ittifoqi (UCIDE) ma'lumotlariga ko'ra, Ispaniya aholisining 3,8 foizini musulmonlar, 40 foizini ispanlar, qolgan 60 foizi esa muhojirlardir.

Islom.uz

loading...