Dunyo bo'ylab 6G tarmoqlarining qachon paydo bo'lishi ma'lum qilindi

0

ABI Research (yuqori va mobil texnologiyalar sohasida tadqiqotlar o'tkazuvchi kompaniya) mutaxassislari 6G tarmoqlarining paydo bo'lish vaqtini ma'lum qildi. Bu haqda «Computer Weekly» xabar berdi.

Keltirilishicha, tahlilchilar avvalgi simsiz tarmoqning vaqt oralig'iga asoslanib, 6G tarmoqlarining 2026 yilda ishlab chiqarilishini, 2028 va 2029 yillarda tijoriylashuvi boshlanishini ma'lum qilgan.

Ta'kidlanishicha, 6G tarmog'ining yangi standartdan foydalangan holda ma'lumotlar uzatish tezligi soniyasiga minglab gigabitgacha ko'payishi kutilmoqda. Bu nafaqat yuqori aniqlikdagi videoni real vaqtda, balki gologramma aloqasi yordamida ham uzatishga imkon berishi aytilgan.

Tahlilchilarning fikriga ko'ra, 6G real va virtual muhiti real vaqtda birlashib, inson va texnologiya o'rtasidagi o'zaro aloqani ta'minlaydigan «X Reality»ni yaratadi. Hozirda 6G tarmoqlarini yaratish bo'yicha nazariy tadqiqotlar allaqachon dunyoning ko'plab mamlakatlarida olib borilmoqda. Ular qatoriga Xitoy, AQSh, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Janubiy Koreya kiradi.

loading...