Koronavirusdan keyin faqat yoqimsiz hidni sezyapsizmi? Sizda parosmiya bo'lishi mumkin

0

Parosmiya – bu infeksion kasalliklarga chalingandan so'ng kuzatiluvchi asoratdir. Bunda hid bilish reseptorlari yoqimli hidni badbo'yiga almashtirib qo'yadi. Koronavirusdan keyin ham bu holat ro'y beradi.

Parosmiyada ba'zi viruslar yoki bakteriyalar burunning shilliq qavatidagi neyronlarga zarar keltiradi. Bu neyronlarning vazifasi hidli moddalar molekulalarini tanib olish va miyaga xabar berishdir.

Virus, bakteriyalar yetkazgan zarar tufayli asab hujayralari to'liq ishlamay qolishi mumkin (anosmiya shunday paydo bo'ladi), so'ngra tiklanish vaqtida ular noto'g'ri ishlay boshlaydilar.

Ushbu holatlar ro'y berganda terapevt yoki nevropatolog ko'rigidan o'tish lozim.

loading...