«Qoradori-2021» tadbiri davomida giyohvand moddalarni sotish bilan shug'ullangan uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi

0

2021 yil 5 may kuni IIV JQBB hamda Andijon viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan «Qoradori-2021» tadbiri davomida, chetdan katta miqdorda giyohvandlik vositasini olib kelib, tarqatish va sotish bilan shug'ullanayotgan uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

Jumladan, Marhamat tumani «Ershin» mahallasida yashovchi, 1998 y.t., fuqaro K.S. hamda ushbu mahallada yashovchi, 1993 y.t. fuqaro S.M. va 1985 y.t. fuqaro M.X.lar, birgalikda 7.000 AQSh dollariga, jami 460 gramm «gashish» giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda, ushbu holat bo'yicha Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi

loading...