Urganch shahrida opiy sotuvchisi qo'lga olindi

0

2021 yil 29 aprel kuni Xorazm viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida 1983 y.t., muqaddam O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan, Urganch shahar P.Mahmud ko'chasida yashovchi fuqaro M.A., Urganch shahar P.Mahmud ko'chasida tadbirga jalb qilingan maxsus xaridorga 500.000 so'mga «Opiy» giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, tegishli tartibda IIBga hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 273-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi

loading...