O'zbekistonda o'quvchilarning maktabda bo'lish vaqti Face ID tizimi orqali nazorat qilinadi

0

5 may kuni Xalq ta'limi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida maktablarda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini profilaktikasini ta'minlash masalasida yig'ilish o'tkazildi.

Ichki ishlar vazirligi saytida e'lon qilingan xabarga ko'ra, yig'ilishda Sherzod Shermatov o'quvchilarni nazorat qilish va ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida maktablarda FACE ID tizimining joriy etilishi haqida ma'lumot bergan.

Vazirga ko'ra, endilikda ta'lim sifatini oshirish maqsadida sinf xonalariga ovozli kameralar o'rnatish va ularning ichki ishlar organlari hamda profilaktika inspektorlari bilan integratsiyalashuvini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.

Qo'shma majlisda may oyi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida o'zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish oyi sifatida belgilangan.

Shuningdek, Ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonov tomonidan yangi o'quv yili boshlangunga qadar 3-sektorda ichki ishlar bo'limlariga biriktirilgan 220ga yaqin maktablarda ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini olib borish, maktablar yaqinidagi yo'l belgilari, yo'l chiziqlari va piyodalar o'tish joylarining ishchi holatda ekanligini nazorat qilish bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilgan.

loading...