«American Airlines» bosh direktori ro'za tutdi. Natijada esa…

0

«American Airlines» bosh direktori Dug Parker ushbu Ramazon oyida musulmon xodimlarini yaxshiroq tushunish maqsadida ro'za tutganini aytdi.

Ta'kidlanishicha,  Parker o'tgan hafta kompaniyadagi bir guruh xodimlarning chaqirig'iga javob berib, ular bilan bir kun ro'za tutishga qaror qilgan va 15 soat davomida yeb-ichmagan.

«Kun oxirida och qolganimni his etdim. Buning ustiga, juda chanqadim. Aytishim kerakki, bu menda musulmon xodimlarimizga katta hurmat va ularning e'tiqodiga sodiqlik hissini uyg'otdi» — deya yozgan sahifasiga Parker.

Qayd etilishicha, bosh direktorning ijtimoiy tarmoqlardagi ushbu posti 14 mingga yaqin «like» yig'ib, 550 ta sharh olgan.

loading...