Toshkentda internet xizmatlari uchun to'langan to'lovlarni talon-toroj qilgan MChJ xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo'limi tomonidan “D.T.” MChJning murojaatiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.K. mazkur jamiyatda turli vazifalarda ishlab kelib, internet xizmatlari uchun iste'molchilar tomonidan amalga oshirilgan 95,3 mln so'm to'lovlarni o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.