11 yoshli bola daryoda oqib ketdi, u hamon qidirilmoqda

0

Rossiyada yakshanba kuni tushdan keyin – politsiya ma'lumotlariga ko'ra, mahalliy vaqt bilan soat 16:20da 11 yoshli Semyon daryoga tushib ketgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, bola tengdoshlari bilan o'ynab, ko'prikning beton suyanchig'iga chiqqan. Keyin tasodifan daryoga yiqilib tushgan va bolani oqim olib ketgan.

Hududiy Ichki ishlar vazirligining ta'kidlashicha, qidiruv uchun qo'shni hududiy organlarning kuchlarini jalb qilgan holda bo'limning barcha shaxsiy tarkibi jalb qilingan. Keyinchalik daryo bo'yi maxsus uskunalar yordamida tekshirila boshlandi.

Hozirga qadar bedarak yo'qolgan bola topilgani haqida xabarlar bo'lmagan.

loading...