Firibgarning firibi fosh etildi

0

Boysun tumanida 2021 yilning 10 aprel kuni tuman IIB TBdan tushgan hujjatlarga ko'ra, 2020 yil 4 dekabr kuni Toshkent shahrida yashovchi, R.U. ishonchnoma orqali Toshkent shahrida yashovchi, I.A.ga tegishli Kaptiva rusumli avtomashinasini tanish bo'lgan Toshkent shahar Uchtepa tumani «Algoritm» dahasida yashovchi, «A» ismli shaxs orqali tumanning «Shirinobod» mahallasida yashovchi, O.N.ga 17.600 (o'n yetti ming) AQSh dollariga baholab, boshidan 6000 (olti ming) AQSh dollarini olib, qolgan 9.600 (to'qqiz ming olti yuz) AQSh dollarini 23 oy muddatda har oyiga 800 (sakkiz yuz) AQSh dollaridan berib borishga kelishib sotganligi, kelishuvga asosan O.N. 2021 yil yanvar va fevral oyida 800 (sakkiz yuz) AQSh dollaridan berib, mart oyi uchun 800 (sakkiz yuz) AQSh dollari bermaganligi uchun avtomashinasini qaytarib olish va o'rtadagi kelishuvini bekor qildirish uchun kelganida O.N. Kaptiva rusumli avtomashinasini tanishi tumanning «Shirinobod» mahallasida yashovchi, A.X.ga 18.000 (o'n sakkiz ming) AQSh dollariga savdo qilib, 8000 (sakkiz ming) AQSh dollarini olib, qolgan 10.000 (o'n ming) AQSh dollarini 2 yilga oyma-oy berishiga kelishib, sotib yuborganligi aniqlangan.

10 aprel kuni O.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

loading...