Prezidentning oilasida dam olish kuni (+foto)

0

Saida Mirziyoyeva:

Yakshanba. An'anaga ko'ra bu kuni sevimli taomlarimizni tayyorlaymiz. Ulardan biri — kulchatoy. Oyijonim ertalabdan xamir qoradilar. Dadajonim boshchiligida butun oilamiz dasturxon atrofiga to'planib, oyijonim tayyorlagan xamirni taxtakachda kesamiz. Oyijonim esa endigina pishgan masalliqlar – kartoshka, no'xotni uzatib turadilar.

Tayyorlanish usuliga ko'ra kulchatoy kesma lag'monni eslatadi.
Kichkintoyim bizning eng katta yordamchimiz, milklari bilan suyak chaynashga urinadi. Taom tezroq pishishini hammadan ko'proq shu kutsa kerak

Dam olish kuningiz xayrli o'tsin, aziz do'stlar!

 

Manba: @shoubizyangiliklari

loading...