Qibrayda «Damas» hamda «Vaz-2106» rusumli avtomobillar to'qnashuvi sodir bo'ldi

0

Joriy yilning 10 may kuni soat 08:00larda Toshkent viloyati, Qibray tumani, «Tuzel» QFY hududida, haydovchi, 1992 yilda tug'ilgan I.T. boshqaruvidagi «VAZ-2106» rusumli hamda 1974 yilda tug'ilgan haydovchi R.X. boshqaruvida bo'lgan «Damas» rusumli avtomobillar ishtirokida to'qnashuv sodir bo'lgan.

Ma'lum bo'lishicha, to'qnashuv natijasida «VAZ-2106» rusumli avtomobil haydovchisi I.T. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qibray tumani IIB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...