Toshkentda 28 yoshli qiz bedarak yo'qoldi

0

Toshkentda 1993 yilda tug'ilgan qiz qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

«1993 yilda tug'ilgan Yuldasheva Dilorom Ergash qizi joriy yilning 4 mart kuni soat taxminan 11.00da Uchtepa tumani, Xurshid maxallasida joylashgan ish joyidan chiqib, noma'lum tomonga harakatlanib ketgan.

Belgilari: bo'yi 165-170 sm, o'rtacha gavdali, sochi uzun jigarrang. Qo'lida oq rangli ayollar sumkasi bo'lgan.
Egnida: qora kapishonkali kurtka, qora rangli shim, qora rangli krossovka bo'lgan.

Hurmatli fuqarolar! Agar siz Yuldasheva Dilorom haqida biron bir ma'lumotga ega bo'lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo'limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so'raymiz», deyiladi xabarda.

loading...