140 kilogramm asal mahsulotini o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi

0

Shu yil 6 may kuni, Chortoq tumanida 1994 yilda tug'ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 15 fevral kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyiga ochiq qolgan darvozasi orqali kirib, yerto'lasida bo'lgan narxi 8.400.000 so'mlik 140 kg. asal mahsulotini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

Chortoq tumani IIB JQB boshlig'i, JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, 2002 yilda tug'ilgan yigit sodir etganligi aniqlangan va undan daliliy ashyo (17 kg. asal mahsuloti) olingan.

Ushbu holat bo'yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O'z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

loading...