Dunyo notinch: Yana urush boshlandi!?

0

Isroilda vaziyat keskinlashdi:

🇹🇷Erdog'an Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan muzokaralar chog'ida Isroilning Quddusdagi harakatlarini «terror» deb atadi.

🇮🇱Isroil bosh vaziri Netanyaxu Sharqiy Quddusda falastinliklar bilan keng miqyosli to'qnashuvlarda Isroil xavfsizlik kuchlarining harakatlarini qo'llab-quvvatladi.

Ayni paytda Isroil allaqachon AQShdan vaziyatga aralashmaslikni so'ragan. Isroil Milliy Xavfsizlik Kengashi rahbari Vashingtonlik hamkasbi Sallivanga ushbu inqirozli vaziyatda xalqaro hamjamiyat Isroil rasmiylariga bosim o'tkazmasligi kerakligini aytdi.

🇮🇱Isroil armiyasining xabar berishicha, G'azo sektoridan o'nlab raketalar uchirilgan, ammo aksariyati ochiq joyga qulagan yoki ushlangan.

🇮🇱🇵🇸G'azo sog'liqni saqlash rasmiylariga ko'ra, sektorning shimolidagi portlash natijasida to'qqiz kishi, shu jumladan uch nafar bola halok bo'lgan, portlash sababi aniqlanmagan.

Ayni paytda XAMAS ommaviy axborot vositalari G'azo sektorining shimolida ham Isroilning uchuvchisiz samolyoti falastinlikni o'ldirganini xabar qildi.

Isroil armiyasining ma'lum qilishicha, mamlakat janubidagi transport vositasi G'azoning anti-tank raketasi bilan to'qnashgani sabab, isroillik fuqaro yengil jarohat olgan.

XAMAS harbiy qanoti vakili Abu Obidaning aytishicha, bu hujum Isroilning Quddusda «jinoyatchi va tajovuzkor»deb atalganiga javobdir. «Bu dushman yaxshi anglashi lozim bo'lgan xabardir» deydi u.‌‌

🇮🇱So'nggi bir necha soat ichida ikkita raketa hujumiga qarshi hujumlar uyushtirildi, ikki tomondan otishmalar sodir bo'lib, G'azodagi HAMASning sakkiz xodimi yo'q qilindi.

Turkiyaning ko'p viloyatlarida odamlar Falastinning bayroqlarini ko'tarib namoyishga chiqishgan. Ular Isroilga qarshi yurish boshlashgan.

🇮🇱Isroilning G'azo sektoriga bergan zarbalari natijasida 20 nafar falastinlik halok bo'ldi.

🇺🇸🇮🇱AQSh G'azo sektoridan Isroilga qilingan so'nggi raketa hujumlarini qoralaydi va yahudiy davlatining o'zini himoya qilish huquqini qo'llab-quvvatlamoqda.‌‌

🇮🇱Bosh vazir Netanyaxu Tel-Avivdagi Isroil mudofaa kuchlari shtab-kvartirasiga yo'l oldi.

🇮🇱G'azo sektoridan Isroilga 40 dan ortiq raketa otildi. Falastinning «Islomiy Jihod» guruhi harbiylari ham Tel-Avivga raketa hujumlari uyushtirilganini e'lon qildi.

🇮🇱Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati «Islomiy Jihod» guruhi Tel-Avivga qator raketa zarbalarini bergani haqidagi ma'lumotni rad etdi.

🇺🇸🇮🇱🇵🇸 Falastinning Isroilga qarshi raketa hujumlari darhol to'xtashi kerak — AQSh davlat kotibi Blinken.

loading...