Farg'onada xonadonda sher boqilayotgani ma'lum bo'ldi (foto)

0

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda «Sherni uyda boqish mumkinmi?» nomi bilan tarqalgan videolavhadagi holat Farg'ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Bioxilmaxillik bo'limi xodimlari tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda Farg'ona viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.


Lavhada keltirilgan mashina raqamlariga asosan mazkur holat Qo'qon shahridagi «Achchiqko'l» MFYning Gulshan ko'chasida tasvirga olingani aniqlandi. Qo'qon shahar ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari Qo'qon shahar IIB xodimi va «Achchiqko'l» maxalla fuqarolar yig'ini raisi I.Nazarovlar bilan mahallaning Gulshan ko'chasi, 16-uyga borishib, xonadon egasi A.Ibragimova ishtirokida o'rganish ishlari olib borildi.


O'rganish davomida fuqaro A.Ibragimovning yashash xonadonida 10 metr kvadrat maydonda sher hayvonini boqish uchun belgilangan tartibda yashash qafaslari mavjudligi, qafasning balandligi 2.5-3.5 metr bo'lib, ichlari talab darajasida jihozlangani, sherning yashash joyi kanalizatsiya tarmog'iga ulanganligi, shuningdek atrof-muhitga ta'siri yo'qligi, insonlar xayotiga xavf solish holati mavjud emasligi aniqlandi.


Xonadonga kelib hayvonlarni saqlash tartibi to'g'risidagi tegishli hujjatlar taqdim etishi so'ralganda, uy egasi A.Ibragimov videolavhada sherni ushlab turgan farzandi ekanligini va hozirda Toshkent shahridaligini, 3 kun muddat ichida so'ralgan hujjatlarni tegishli tashkilotlarga taqdim etishini bildirdi.

loading...