Ohangaronda ikkita yuk va bitta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo'ldi

0

 

Shu yilning 10 may kuni soat 21:30 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, «Ubayda» MFY xududidan o'tgan R 4 va A 373 avtomobil yo'li kesishgan chorrahasida, haydovchi 2000 yilda tug'ilgan O.T. boshqaruvidagi «MAN» rusumli hamda haydovchi, 1988 yilda tug'ilgan X.Yu. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomobil va haydovchi 1999 yilda to'g'ilgan M.T. boshqaruvida bo'lgan «Kamaz» rusumli yuk avtomobillari ishtirokida to'qnashuv sodir bo'lgan. To'qnashuv natijasida yong'in yuzaga kelgan.

Yong'in bartaraf etilgan. Transport vositalariga zarar yetgan.
To'qnashuv natijasida haydovchilar X.Yu hamda M.T. tan jaroxatlari olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

loading...