Qur'oni Karim sahifasining dunyodagi eng katta qo'lyozmasi O'zbekistonda yaratildi

0

O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Qur'oni Karim sahifasining dunyodagi eng katta qo'lyozmasini qo'lda ko'chirish ishlari yakuniga yetdi.

Bu haqda markaz direktori Shoazim Munavvarov ijtimoiy tarmoqdagi o'z sahifasida ma'lum qilgan.

Ushbu sahifa Boysung'ur Mirzo tomonidan otasi sulton Shohruh Mirzo uchun maxsus ko'chirilgan Qur'on sahifasining biroz kattalashtirilgannusxa hisoblanadi.

Ma'lum bo'lishicha, sahifani Markaz hattoti, Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Najmiddin Fayoziy Nuriddin o'g'li 6 oy mobaynida ko'chirgan.

Maxsus qog'oz Yaponiyadan, buyoqlar Turkiyadan olib kelingan va sahifaga o'zbek oltini suvi bilan hal berilgan.

Tabarruk sahifa Islom sivilizatsiyasi markazidagi Usmon Qur'oni uchun jihozlanayotgan xonaqodan joy olishi ma'lum qilingan.

Bundan tashqari, Islom sivilizatsiyasi markazi qo'lyozma Qur'on sahifasini Ginnes ro'yxatiga kiritish yuzasidan muzokaralar olib borishga kirishgani aytilmoqda.

 

loading...