SEPKILNING HAM DAVOSI BOR

0

Ko'pincha xotin-qizlarimiz yuzlaridagi sepkillardan uyalib, ularni yo'qotish yo'llarini izlab yurishadi. Keling sepkillarni xiralashtiruvchi, ularni teri rangiga moslashtiruvchi bir qancha tavsiyalarni sanab o'tamiz.

– Sepkilli kishilar o'zlarini mumkin qadar quyosh nuri ta'siridan saqlashlari kerak.

– Kechqurun uyquga yotishdan oldin terining sepkilli qismiga qatiq, kefir, bodring yoki qora smorodina suvini surtishlari kerak bo'ladi.

– Kechqurun bir stakan sovuq suvga bir nechta bo'lak limon solib, tindirib qo'yiladi. Ertalab ko'chaga chiqishdan oldin yuzning sepkilli qismiga surtiladi.

loading...