Tojikiston bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga kelmoqda

0

Toshkentda 14-15 may kunlari O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Shu munosabat bilan, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya 14 may kuni O'zbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat ob'yektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o'rin olgan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiya yig'ilishi yakunlari bo'yicha hujjatlar imzolanishi ko'zda tutilgan, deyiladi O'zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabarida.

Bundan oldin, Tojikistonning O'zbekistondagi yangi elchisi tayinlangani ma'lum qilingandi.

loading...