Erta turish uchun 4 sabab

0

-Kunning birinchi yarmida miya har qachongidan ham yaxshi ishlaydi. Bu vaqt ayni g'oyalar tug'iladigan va unumdorlik yuqori bo'lgan payt. Har kuni ertalab kundalik qilinadigan ishlarni muhim va nomuhimlarga ajratib chiqish uchun bir soatdan vaqt ajrating.

– Agar har doimgi uyg'onadigan vaqtingizdan bir, bir yarim soat vaqtli uyg'onsangiz, yugurishga yoki ertalabki badantarbiya mashg'ulotlariga vaqtingiz yetadi. Bundan tashqari ertalabki jismoniy faollik kayfiyatni ko'tarib, kishiga quvonch bag'ishlaydi.

-Nonushta — kunning eng muhim ovqatlanish qismi. Siz buni bilasiz, ammo vaqtingiz yo'qligi tufayli oshqozoningiz «quruq» holatda ko'chaga otlanasiz. Tushlik yaqinlashgan sari esa ishtahangiz «uyg'ona boshlaydi». Erta uyg'onishning yana bir ijobiy jihati — siz nonushtani o'tkazib yubormaysiz.

– Ishxonangizga va o'zingizga taalluqli bo'lgan ko'ngilni xira qiluvchi muammolaringizni soat 8 ga qadar bajarishga odatlaning. Yo'qsa, kun davomida ana shu hissiyot sizga «hamroh» bo'ladi.

«Sog'lom hayot»

loading...