Rossiyada yana bir o'smir maktabni portlatmoqchi bo'ldi

0

Rossiyaning Blagoveshensk shahridagi 27-sonli maktabda 13 may kuni ehtimoliy favqulodda holat sababli darslar vaqtincha to'xtatildi. Bu haqda «Amurskaya pravda» gazetasi xabar berdi, deb yozmoqda «protoday.uz».

Gazetaning yozishicha, darslarning to'xtatilishiga Tambov tumanida yashovchi 17 yoshli o'quvchi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan xabar sabab bo'lgan.

Qozon shahridagi maktabga qilingan hujumga oid video ostidagi izohlarda «Xudo sizga hakam» niki ostida xabar qoldirgan o'smir «Ertaga Blagoveshenskning 27-maktabida men ham shunday qilaman» deb yozgan.

O'smir zudlik bilan hibsga olindi. U tergovchilarga «shunchaki hazillashganini» aytgan.

Ichki ishlar vazirligining Amur viloyati bo'yicha boshqarmasi o'quvchiga qarshi terrorchilik harakati to'g'risida qasddan yolg'on xabar berish moddasi bilan jinoiy ish qo'zg'atdi. Jinoyat kodeksining 207-moddasi 2-qismiga binoan, u besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Blagoveshenskdagi 27-maktabda hech qanday portlovchi vosita topilmadi. Tekshiruv davomida o'quvchilar uylariga jo'natib yuborildi.

loading...