Buxoroda o'z xonadonida «ko'knor» parvarishlayotgan fuqaro qo'lga olindi

0

Buxoro viloyati Qorako'l tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan keng qamrovli «Qoradori-2021» tezkor profilaktik tadbiri davomida taqiqlangan giyohni xonadonida o'stirgan fuqaro qo'lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma'lum qildi.

Qorako'l tuman «Mallaishayx» mahallasida yashovchi, nafaqaxo'r B.H. o'zi yashab kelayotgan uyining tomorqasida sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko'ra markaziy poyasiga va ildizlariga ega, yashil rangli, o'ziga xos o'tkir hidli, ho'l (quritilmagan) holdagi, bo'yi 25-45 sm, poyasining diametri 0,3-0,7 sm.gacha bo'lgan, taqiqlangan giyohvandlik o'simligi hisoblangan 8 tup ko'knor o'simliklarini ekib parvarish qilib kelayotganligi fosh etilgan.

Mazkur holat yuzasidan B.H. nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...