Farg'onada YTH sabab yo'lovchi vafot etdi

0

Kecha, 14-may kuni soat 18-40 larda, IIB YHXB NQga kelib tushgan xabarga ko'ra, shu kuni soat 18-00 larda, “Marg'ilon shimoliy aylanma yo'li” avtomobil yo'lini 9-km hamda Axshak–Tog'liq avtomobil yo'lining 1-kmlari kesishgan tartibga solinmagan chorrahada Sherg'oziyev “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib kelib ikkinchi darajali yo'ldan asosiy yo'lga chiqib yuborishi natijasida asosiy yo'lda harakatlanib kelayotgan Xosilovga ishonchnoma orqali boshqaruvga ruxsat berilgan “Neksiya” rusumli avtomobil bilan to'qnashib ketgan.

“Matiz” avtomobilida yo'lovchi bo'lgan, Toshloq tumanida istiqomat qilgan Po'latov voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, 1995-yilda tug'ilgan Toshloq tumanining Qo'rg'oncha MFYda yashovchi O'rinova “O'ng bilak qismi yopiq sinishi” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Zamon.uz

loading...