Koreya Respublikasida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar diqqatiga

0

O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasining Kyongsangpukdo provinsiyasi, Yongyang okrugi administratsiyasi (mahalliy hokimligi) o'rtasida tuzilgan mavsumiy ishchilar to'g'risidagi kelishuvlarga asosan:

2021 yil 19 may kuni Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida mamlakatimizning barcha hududlaridagi ayollar uchun.

5 oylik mavsumiy ishlar (E-8 vizasi) bo'yicha vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuzilgan guruh tomonidan tanlov o'tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish niyatida bo'lgan fuqarolar uchun Koreya tomonidan quyidagi talablar qo'yilgan:

✅ Koreys tilini bilishi (suhbat koreys tilida bo'lib o'tadi);

✅ 27-40 yosh oralig'ida bo'lishi 1994-1981 yillar oralig'ida tug'ilganlar (1994 yildan keyin tug'ilganlar hamda 1981 yildan oldin tug'ilganlar tanlovda ishtirok etolmaydi);

✅ Mavsumiy ishlar bo'yicha (qishloq xo'jaligi) tajribaga ega bo'lishi;

✅ Sog'lom, yuqumli kasalliklarga chalinmagan bo'lishi;

✅ Sudlanmagan bo'lishi;

✅ Koreya Respublikasi hududiga kirish uchun taqiq bo'lmasligi;

✅ O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga taqiqi mavjud bo'lmagan va xorijga chiqish pasportiga ega bo'lishi lozim.

Eslatib o'tamiz❗️

Tanlov jarayoni soat 9:00 dan 18:00 gacha davom etadi.

Tanlovga kirish jonli navbat orqali amalga oshiriladi.

Fuqarolar xorijga chiqish hamda fuqarolik pasporti bilan kelishi shart hamda o'zlari bilan birga fuqarolik va xorijga chiqish pasportidan 1 nusxa (rangli shaklda) hamda 2 dona 3,5-4,5 fotosurat olib kelishi zarur.

Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Monomarkaz joylashgan manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi 331 uy.

Tanlov jarayoni “YOU TUBE” kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolar koreyalik vakillar tomonidan o'rnatilgan tartibda ketishdan oldingi o'qitish va 14 kunlik majburiy karantinda saqlanadi.

☎️ Qo'shimcha ma'lumot uchun: 1282 (qisqa raqami) va (71) 202-33-55.

Eslatib o'tamiz❗️

🛑 Koreya Respublikasiga Ye-8 vizasi bo'yicha vaqtinchalik mehnat qilish uchun jo'nab ketgan hamda belgilangan muddatda Vatanga qaytmagan fuqarolar (noqonuniy Koreya hududida bo'lgan) 3 tomonlama shartnomada belgilangan tartibda Koreya Respublikasida noqonuniy bo'lgan har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (taxminan 2300 AQSh dollari) hamda Koreya Respublikasining immigratsiya qonunchiligiga muvofiq 30 mln. koreys vonigacha (taxminan 27 000 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortilishiga sabab bo'lishi to'g'risida ogohlantiramiz.

🛑 O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hujjat topshirib, suhbatdan o'tgan fuqarolar viza olishiga kafolat bermaydi, viza taqdim etish masalasini Koreya tomoni o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqadi.

Manba: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali

loading...