«OSMA UKOL» QONNI KO'PAYTIRADIMI?

0

Kamqon va quvvatsizman kishilar «osma ukol» olsa, qoni ko'payadi ,deyishadi. Shu to'g'rimi?

Yo'q, bu noto'g'ri fikr. Tomir ichiga quyiladigan suyuqlik tarkibida turli xil miqdorda tuz va shakar moddasi bo'lgan suv, xolos. Ular oddiy shakarchalik ham quvvat bermasdi va qonni ko'paytirmaydi. Odam hech narsa yeb-icholmay qolganda yoki o'ta suvsizlanganda, suyuqliklar tomirdan yuboriladi. Agar bemor yuta olsa, unga qo'shimcha suyuqlik bering. Bu venaga bir litr suyuqlik quyish bilan tengdir.
Ovqat iste'mol qila oladigan odamga oziqli moddalarga boy ovqat berish har qanday osma ukoldan ko'ra ko'proq quvvat ulashadi.

Nazokat ABDULLAYEVA,
shifokor

loading...