Vladimir Jirinovskiy ruslar boshchiligidagi Markaziy Osiyo amirligini tuzishni taklif qildi

1

«qozoqlar, o'zbeklar, qirg'izlar, qoraqapoqlar, tojiklar, turkmanlar bundan qoniqadi»-, deya bayonot berdi u.

Rossiyalik siyosatchi, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati va Rossiya Liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy «Komsomolskaya pravda»  radiosiga bergan intervyusida Qirg'iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyatga izoh berdi va Markaziy Osiyo amirligini tuzishni taklif qildi, deya xabar bermoqda Azzatyq ruhy.

«U yerlarda hamisha shu bo'lgan. Kavkaz, Kavkazorti va Markaziy Osiyo. Yonida mayda sonli xalqlar yashaydigan joylarda doim to'qnashuvlar bo'ladi. Yer kimni, suv kimniki, transport bog'lanmalari kimniki (degan vajlar bilan. taxr.). Shuning uchun podshoh davrigacha qandaybo'lgan bo'lsa, podshoh shunday bo'lingan shaklda qoldirgan. Mana Buxoro- Buxoro amirligi. Amir boshchiligidagi Buxoro amirligi. Ruschasiga- boshliq degani. Men bu nomlarni Rossiyada ham qayta tiklagan bo'lar edim, masalan- Uzoq Sharq, Sharqiy Sibir, Ural boshlig'i, Kavkazorti boshlig'i, …. boshlig'i.

Xullas shunday. Va, aytaylik, Xiva. U ham amirlik yoki xonlik. Samarqand. Va sovetlar hokimiyati yana donolik qilishni boshlagach, ular respublikalarni tuzishni boshladilar. Insonlar esa har hil joylarda yashab kelishardi. Va respublikalarning chegaralari har doim ham o'sha yerdagi butun xalqning chegarasi bo'lmagan. Aytaylik, tojiklar O'zbekistonda yashaydi. Qirg'izistonda ham yashaydi. Biz esa ularga faqatgina Tojikistonni berdik. Xuddi shunday qirg'izlar, qozoqlar, turkmanlar, hammasi aralashib ketgan. 

Faqat jo'g'rofiy nomlar xolos. Men ularni qanday nomlagan bo'lardim? Markaziy Osiyo amirligi, ushbu amirlikning boshlig'i rus va uning shtab -kvartirasi Toshkentda bo'ladi. O'zbeklar ham, qozoqlar ham, qirg'izlar ham, qoraqalpoqlar ham, tojiklar ham, turkmanlar ham bundan qoniqadi. Shunda insonlar bilishadi, ya'ni suv butun Markaziy Osiyoda yashovchilariniki ekanligini. Yerlar ham shunday: kim shu yerlarda yashayotgan bo'lsa, hech kim xaydamasligi kerak.. Energiyani hamma olishi kerak bo'ladi»,-  deya bayonot berdi Vladimir Jirinovskiy.

Uning so'zlariga ko'ra, «ahir bunday bo'lmagan, ya'ni – Tojikiston respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi  insoniyat tarixida bo'lmagan».

“Buning hammasi bolsheviklarni ishi. Ular shunchalik ko'p diversiyalarni amalga oshirishganki, biz yaqin yuz yilgacha hali tinchimaymiz. Ular esa, bu ishlarni qilganlarni Qizil maydondagi qabrlariga gul tashiydilar.

Mana o'zim- Vernыy shahrida tug'ilganman.  1854 yilda u tashkil etildi, qurildi. 1924 yilda Stalin, Sovet hukumati uni qozoqlarga berdi, ular uni Olma-Ota deb atashdi. Albatta, barakalla, loqal shunday qilishibdi. Ammo 1936 yilda alohida ittifoq respublikalari tuzildi va biz 1956 yilda avval 15, keyin 16, keyin yana15 ta ittifoq respublikalariga ega bo'ldik va ularning konstitutsiyalarida bu suveren davlat deya qayd etib qo'yildi. Xo'sh, ahmoqmas ekanmi ular? Bu esa mustaqil davlat ekanligini anglatadi. Faqat KPSS partiyasi ularni birlashtirdi. Qachonki Gorbachyov partiyani tugatib yuborgach va hammasi qulab tushdi», –dedi rossiyalik siyosatchi.

Uning ta'kidlashiga ko'ra, butun O'rta Osiyo hududi bo'ylab suvni to'g'ri taqsimlashda, ruslar boshqarib borishgan bo'lar ekan.

“Odamlar hamma joyda yashaydilar. Ahir suvsiz yashab bo'ladimi? Bugun Kiyev natsistlar rejimi Qrimga suv olib boradigan Dnepr kanalining suvini to'sib tashladi.  Shu paytgacha Dneprdan istalgancha suv Qrimga kelib turardi.  Bunisi endi O'rta Osiyo emas, bunisi endi slavyanlar slavyanlarni qiynamoqda. Yarim orol o'zining suviga ega emas, u  yerga suv Dneprdan kelardi. Ular shu suvni ham to'sib qo'yishdi! Bu holat Dnepr uchun ham, qrimliklar uchun ham yomon.  Kiyev uchun ham yomon. Ruslar uchun ham, Ukraina uchun ham yomon. Ammo gulchalarni Qizil maydonga olib boramiz.

Aqldan ozish deganlari shunaqa bo'ladi. Shuning uchun tojiklar va qirg'izlar hech bo'lmaganda suvlarini himoya qilish istagi bilan kurashmoqdalar. Qrimliklar kurasha oladimi? Ikki yarim million. Yoki kanal o'tadigan Xersondagi ruslarchi? Zaporojye va h.k. boshqalar. Dnepr suvining Qrimga kelishi uchun katta urush zarur. Bu ahir ahmoqlikku! Bu dahshatku!

Ularni – Qirg'iziston va Tojikistonni u yerda tinchlantirishadi, ammo muammo bunda emas. Bu battar yomonlashishda davom etadi. U yerda aholi ko'payib bormoqda. Men O'rta Osiyoda yashaganimda, O'zbekistonaholisi 15 million edi, hozir esa 30 million. Hali 50 millionga yetadi. Va butun O'rta Osiyo yuz millionga teng – tamom, suv yetmaydi. Qurg'oqchilik, hosilni nobud bo'lishi va yashash uchun qonli urushlar boshlanadi. Endi bu safar podshosiz, kommunistlarsiz. Shunchaki suvsizlikdan! U yerda Qora-qum cho'li, qora qumlar. Umuman u yerdagi cho'llar boshqacha, ularning yarmini kuyduruvchi qumlar tashkil etadi. Tuyalar yashaydi. Ikki hafta davomida ular suvsiz va ovqatsiz qolishlari mumkin, chunki ularning o'rkachida suv va oziq-ovqat to'planib turadi. Ikki hafta davomida tuya tanasi ushbu suv va ovqatdan foydalanadi.

Bolsheviklar u yerda biz uchun shunchalik ko'p muamolarni qoldirishdiki, kim sovet hokimiyatini olib kelgan bo'lsa, ularni O'rta Osiyo xalqlari qarg'ab keladi. Podshoh davrida esa bunday bo'lmagan!»,-deya qayd etib o'tdi Vladimir Jirinovskiy.

tarjumon.uz

 

loading...

1 TA FIKR

  1. Jirinovskiyning Osiyo xakidagi xar kanday gapi,Markaziy Osiyo davlatlari urtasida nizo kuzgatadi.Menimcha u xam yaxudiy bulsa kerak.Shuning uchun imkoni bulsa uning gaplarini biror bir sayt chop etmasa yaxshi bular edi.Boshkalarni ishiga burnini tikmasdan.

Comments are closed.