Ekstremistik guruhlarga qo'shilib ketgan 10 nafar o'zbekistonlik qidiruvga berildi (foto)

0

Internet bugungi kunda butun dunyodagi vaziyat haqida soniyalar ichida cheksiz ma'lumotlarni ulashmoqda. Ular orasida esa xalqaro tinchlikka xavf soluvchi, insonlar o'rtasida shafqatsizlik va terrorni targ'ib etuvchi ma'lumotlar ham juda ko'p. Internet foydalanuvchilari esa eng avvalo mana shu ma'lumotlarni o'z zehni bilan farqlay olishi zarur.

Aks holda esa aldov qurboni bo'lib, yosh umri, salomatligi va kuch quvvatini, urush o'choqlarida, terrorchi tashkilotlarning harbiy lagerlarida xazonga aylantirish hech gap emas. Mazkur jihatlarni inobatga olgan holda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Xalqaro ekstremistik guruhlar faoliyatiga qo'shilib, ularning harakatlarida ishtirok etayotgan, milliy va umuminsoniy xavfsizlikka raxna solayotgan bir guruh shaxslarga nisbatan qidiruv e'lon qilinganligi haqida ogohlantiradi.

 

loading...