Eron vaziri Isroil bayrog'i tufayli Avstriyaga borishdan bosh tortdi

0

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Avstriyaning tashqi ishlar vazirligiga Isroil  bayrog'i osilganligi  sababli  Venaga  tashrif  buyurishdan  bosh  tortdi.  Bu  haqda  Avstriyaning  ORF.at teleradiokompaniyasi Avstriya tashqi ishlar vazirligiga asoslanib xabar berdi.

Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, Zarif Venaga 15 may, shanba kuni Avstriya tashqi ishlar vaziri  Aleksandr Shallenberg bilan muzokara o'tkazish uchun kelishni rejalashtirgan.

«Biz afsusdamiz va buni e'tiborga olamiz», dedi Avstriya tashqi ishlar vazirligi.

Avstriya tashqi ishlar vazirligi tvitterda  vazirlik  binosiga  Isroil  bayrog'i osilgani aks  etgan  suratni joylashtirdi. Suratga Isroil bilan birdamlik haqidagi tvit ham qo'shildi.

«Biz isroillik sheriklarimiz bilan birdammiz. Shuning uchun bugun biz bayroqni Venadagi Tashqi ishlar vazirligi binosiga ko'tardik. Isroil xavfsizligini qo'llab-quvvatlashimiz beqiyos», – deyilgandi tvitda.

Bunga javoban Eron tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Abbos Aragchi Venaning pozitsiyasidan  noroziligini bildirdi va Falastinni qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.

“Bir necha kun ichida Venadagi hukumat idoralari ustida o'nlab begunoh tinch aholini, shu jumladan  ko'plab  bolalarni  shafqatsizlarcha  o'ldirgan  bosqinchi  rejim  bayrog'ini  ko'rish  hayratlanarli  va  alamli. Biz Falastin bilan birgamiz», deb yozdi u.

loading...