Instagramda kuzatishingiz qiziqarli bo'lgan 5ta kosmetolog

0

“Go'zallik dunyoni qutqaradi” degan fikrga tez-tez duch kelamiz. Va bu fikr naqadar to'g'ri!

Bugungi go'zallik olamida nima trenddayu, nimalarga e'tibor berish kerak? Bu haqda husnimizga husn qo'shadigan mutaxassislar qanday fikrdalar?

Saytimiz ijodkorlari yuqorida berilgan savolga javob izlash maqsadida yurtimizda malakali kosmetologlar haqida ma'lumot to'plashga qiziqda va ularning instagram sahifalariga tashrif buyurdi.

Biz siz – go'zal opa-singillarimiz uchun, instagramda kuzatishingiz qiziqarli bo'lgan 5ta kosmetolog haqida ma'lumot taqdim etishni joiz deb bildik.

Demak, boshladik.

5. Kosmetolog Sapargaliyeva Umida | @umida_kosmetologiya

Kosmetolog – go'zallik dunyosida 11 yildan ziyod tajribaga ega Umidaning instagram sahifasida 68 mingdan ortiq obunachisi bor. Umida asosan yuz terisida turli muammolari bor ayollarimizning dardlariga davo bo'ladi. U ayollarimiz yuziga mohironalik bilan ishlov beradi va buni san'at darajasiga olib chiqa olgan desak, mubolag'a bo'lmaydi.

4. Kosmetolog Rahmatullayeva Go'zal | @kosmetolog_guziwka

Kosmetolog Go'zalning ayni vaqtda instagramda 112 mingdan ortiq obunachisi bor va u asosan faqat ayollar uchun jarrohlik amaliyotisiz lablarni kontur plastik yo'li orqali betakror qiyofaga keltiradi. Guzal qilayotgan ishlarini o'zining instagram sahifasiga joylab boradi.

3. Kosmetolog  Dadabayeva Saida | @saidakosmetolog1

Dadabayeva Saida instagram olamida eng ko'zga ko'ringan kosmetologlardan biri. U o'zining rasmiy sahifasida kosmetologiya olamining eng g'aroyib yangiliklari, mohirlik bilan qilgan ishlari, foydali maslahatlarini berib boradi. Hozirda uning instagramida 185 mingdan ortiq kuzatuvchisi bor.

2. Kosmetolog Nazokat Hojimuradova |@cosmetolog_hadjimuratova

Instagram dunyosida 231 mingdan ortiq kuzatuvchisi bo'lgan mahoratli Kosmetolog Hojimuradova tashqi qiyofamizdagi barcha maummolarni bartaraf etadi. U o'zining instagram sahifasida juda faol. Har kuni qilgan ishlari haqida ma'lumot berib borishni kanda qilmaydi. Ayollarimizga juda foydali ma'lumotlar taqdim etib boradi. Umuman olganda, uning sahifasini kuzatish juda foydali.

1.  Kosmetolog Zuhraxon Gulyamova | @doctor_gulyamova

Bizning ro'yxatimizdan birinchi o'rinni band qilgan taniqli mutaxxassis, dermatolog- kosmetolog Zuhraxon Gulyamovaning chehrasi nafaqat instagram, balki televidenie orqali ham ko'pchilikka tanish. Hozirda uning instagram sahifasida 106 ming, @gulyamova_life sahifasida esa 515 mingdan ortiq kuzatuvchisi bor. Uning @gulyamova_life sahifasini kuzatish juda ham qiziqarli. Ushbu sahifada Zuhraxon nafaqat dermatolog, kosmetolog, dietolog, mehribon ona va super ayol sifatida namoyon bo'ladi.

Yuqorida nomi keltirilgan dermatolog, kosmetolog, dietolog qahramonlarimiz bugungi kunda instagram olamida eng ko'p obunachilarga ega, o'zining faoliyati to'g'risida kuzatuvchilariga kerakli, foydali ma'lumotlar, maslahatlar berib borishadi.

Hordiq.uz jamoasi esa mazkur mutaxassislarimizning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

loading...