Ko'k va qora choyning foydalari

0

Qora choy ham, ko'k choy ham bitta daraxtdan olinadi. Ular o'rtasidagi farq quritish jarayonlari bilan bog'liq.

– Choy o'zida saqlovchi tein moddasi tufayli kishiga tetiklik, quvvat bag'ishlaydi. Uning ta'siri qahvadagi kofein singari bo'lib, farqi – qahva tez ta'sir ko'rsatadi, ammo u bergan tetiklik ham tez tarqaladi. Choydagi tein moddasi esa sekinlik bilan ta'sir ko'rsatsa-da, samarasi uzoqqa cho'ziladi.

– Ko'k choy ham tetiklashtiruvchi, ham tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Uni 2 daqiqa davomida tindirganda tetiklashtiruvchi, 5 daqiqa davomida tindirganda tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

-Choyni 5 daqiqadan ko'p damlamagan ma'qul, bunda uning foydali xususiyatlari yo'qoladi.

– Ko'k choyda saqlanuvchi gallat epigallokatexin moddasi yurak-qon tomir kasalliklari, saratonning ayrim (o'pka, tuxumdon, sut bezi, prostata bezi, oshqozon) turlaridan profilaktika qiladi.

– Ko'k choy uzoq umr ko'rishga yordam beruvchi eliksir sifatida qadrlanadi. Yapon olimlari tadqiqotlariga ko'ra, kuniga 5 piyola ko'k choy ichish erta o'lim ehtimolini erkaklarda 12 foizga, ayollarga 23 foizga qisqartirishi mumkin.

-Ko'k choy tarkibidagi antioksidantlar qarish jarayonini sekinlashtiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

– Yengil damalangan ko'k joy issiq ob-havoda chanqoqni qondirishga yordam beradi.

-Qora choy qon bosimi past bo'lgan (gipotoniya)larga tavsiya etiladi.

-Qora choy organizmda xolesterin miqdorini normallashtiradi, insultdan profilaktika qiladi.

– Yog'larning yaxshi so'rilishiga ta'sir ko'rsatgani bois qora choy jigarda va qon tomirlarida yog' tiqinlarining jamlanmasligiga yordam beradi.

-Shuningdek, qora choy qon tomirlari tonusini yaxshilaydi.

– Qora choyni och qoringa ichish tavsiya etilmaydi. 5 soatdan ortiq vaqt turib qolgan shamani ishlatish, bitta shamadan uch martadan ko'p foydalanish zararlidir.

loading...