Navoiydagi restoranda tungi janjal: ofitsiantga o'roq sanchishdi

0

2021 yil 10 may kuni taxminan tungi soat 02:30 larda D.K spirtli ichimlik iste'mol qilib, alkogoldan mastlik holatida, akasi B.S bilan birgalikda, Karmana tumani «X.Xisrav» mahallasida joylashgan, «Tabassum» nomli restoraniga borib, bir guruh shaxslar bo'lib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, restoran ish yurituvchisi Sh.L va ishchi (ofitsiant) lari bilan o'rtalarida kelib chiqqan janjal vaqtida, bir birlarini qo'l va oyoqlari bilan tanalarining turli sohalariga urib, tepib, do'pposlagandan so'ng, B.S sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan o'roqni, restoran ishchisi (ofitsiant) O.D tanasiga bir marotaba qasddan sanchib oladi.

Karmana tumani «Tibbiyot birlashmasi»ning 2021 yil 10 maydagi ma'lumotnomasiga ko'ra «bo'yin sohasi orqa yuzasi chuqur kesilgan jarohati» kabi tan jarohati yetkazgan.

Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi xodimlari tomonidan B.S va D.Klarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b,v» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

loading...