Andijonda 27 yoshli ayol qamoqqa olindi

0

Andijon viloyati. 2021 yilning 10 may kuni soat 13:30 larda, noma'lum shaxs Asaka tumani Beruniy mahallasi hududida fuqaro U.Madinaga nisbatan zo'rlik ishlatib, qo'lidagi narxi 3 500 000 so'mlik “Vivo-1915” rusumli telefon apparati va 100 AQSh dollar pulini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam bezorilik va hokimiyat vakiliga qarshilik ko'rsatganlik jinoyatlari uchun sudlangan 27 yoshli B.Nasibaxon sodir etganligi aniqlangan.

Shuningdek, muqaddam B.Nasibaxon fuqaro 37 yoshli S.Dildoraxonga tegishli narxi 1 000 000 so'mlik “Red Mi-7” rusumli telefon apparatini kuch ishlatib talonchilik yo'li bilan olib qo'yganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan B.Nasibaxonga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” (talonchilik) bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Jinoyat ishi doirasida B.Nasibaxondan jabrlanuvchilarga tegishli “Vivo-1915” va “Red Mi-7” rusumli telefon apparatlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

loading...