Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi 52 ta Starlink internet sun'iy yo'ldoshini orbitaga olib chiqdi (video) | Hordiq.uz
Bosh sahifa Texnologiya Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi 52 ta Starlink internet sun'iy yo'ldoshini orbitaga olib...

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi 52 ta Starlink internet sun'iy yo'ldoshini orbitaga olib chiqdi (video)

0

Falcon 9 bir guruh sun'iy yo'ldoshlar bilan birga Florida shtatidagi Kanaveral burnidan Toshkent vaqti bilan 16 may kuni 3:56 da uchirildi. Eltuvchi raketaning birinchi pog'onasi okeandagi platformaga muvaffaqiyatli qo'ndi.

2020 yil dekabrida SpaceX Starlink loyihasi doirasida olis va qishloq joylar aholisini sun'iy yo'ldosh internet bilan ta'minlash uchun AQSh hukumatidan 885,5 million dollar subsidiyani qo'lga kiritdi. Kompaniya ushbu mablag'ni o'n yil davomida qabul qiladi. Bundan tashqari, AQSh hukumati SpaceX’ga 35 ta shtatda 642 925 ta nuqtada internet tarqatish xizmatlarini taqdim etish uchun qo'shimcha mablag' ham ajratadi.

SpaceX kelajakda Yer aholisini sayyoraning istalgan nuqtasida keng polosali internet bilan ta'minlash imkonini beruvchi to'liq ko'lamli tarmoq yaratish uchun 12 mingta (keyinchalik 30 mingta) kosmik qurilmadan iborat orbital guruhni shakllantirishni rejalashtirmoqda.

loading...