Moskvada 16 yoshli yigit maktab o'quvchilari va o'qituvchilarini o'ldirishni rejalashtirgani ma'lum bo'ldi

0

Moskvada 16 yoshli o'rta maktab o'quvchisi maktabga hujum qilmoqchi ekanligini aytgan. Bu haqda 17 may, dushanba kuni xabar berildi.

O'smir 15 yoshli do'stiga rejalari haqida gapirib berdi – unga ko'ra, u o'quv muassasasida o'quvchilar va o'qituvchilarni ommaviy ravishda qatl etishni rejalashtirgan. Qiz bu ma'lumotni ota-onasiga yetkazdi, shundan keyin ular politsiyaga murojaat qilishdi.

Maktab o'quvchisi huquq-tartibot idoralari xodimlariga qotillikni uyushtirmoqchi emasligini aytdi. Biroq, uning xonadonida tintuv o'tkazilganida qurollar, xususan, pnevmatik pulemyot, pnevmatik avtomat, bitta revolver va boshqa qurollar topilgan.

loading...