Toshkentda bedarak yo'qolgan shaxs qidiruvga berildi

0

1995 yilda tug'ilgan Kuznesova Viktoriya Sarvarovna joriy yilning 4 may kuni soat taxminan 21.30 da Sergeli tumani, Uchuvchilar shaxarchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.  Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, qidiruvdagi shaxsning bo'yi 165-170 sm, o'rtacha gavdali, sochi qora uzun.

Egnida: kul rang futbolka, qora jinsi shim, oyogida krossovka bo'lgan.

«Hurmatli fuqarolar! Agar siz Kuznesova Viktoriya haqida biron bir ma'lumotga ega bo'lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo'limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so'raymiz»,–deyiladi IIBB xabarida.

loading...