BOLANING TIShI ChIQMASA..

0

Bola ma'lum bir yoshga yetganda, odatda, 5-7 yoshlarda uning tishlari tushadi. O'rniga yangi ildiz tishlar chiqadi va umr mobaynida xizmat qiladi. Ammo ba'zi sabablarga ko'ra bu jarayon kechikishi mumkin.
Ular quyidagilar:

– inson tanasining fiziologik xususiyatlari;

– adentiya (tish ildizi murtaklarining mavjud bo'lmasligi);

– tishning mexanik jarohatlanishi;

– bola tanasida foydali mikroelementlarning yetishmasligi;

– sut tishlarini oldindan olib tashlash.

Bola tishi chiqishi kechikishi, organizmda ftor va kalsiy yetishmasligi natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ham ovqatlanish vaqtida ana shu moddalarning bo'lishiga e'tibor qaratish kerak.

Avvalo, bu holat nima uchun yuzaga kelayotganligini aniqlash lozim. Shunga ko'ra davo muolajalari belgilanadi. Zinhor tishi tushgan bolani mustaqil ravishda davolashga harakat qilmang. Bunday paytda, eng ma'quli, shifokor-stomatologga murojaat qiling.