Quyoshda qorayishdan saqlovchi niqoblar

0

-Tovuq tuxumining oqi ko'pirtiriladi, keyin yuz soha – bo'yinga surtiladi. 3-5 daqiqa o'tgach, iliq suv bilan yuvib tashlanadi.
Tuxum oqi quyosh nurlaridan asraydi, teri po'st tashlashining oldini oladi.

– Boshqacha muolajalar: shirin bodomli niqob oftob nuri ta'sirini kamaytiradi. Bunda 1 osh qoshiq maydalangan bodomga 1 osh qoshiq qatiq qo'shilib, omuxta qilinadi.
Bu niqob kechqurun yuzga surtiladi va 15 daqiqadan keyin chayiladi.

-Petrushka ko'kati yaxshilab maydalanadi. Undan 1 osh qoshiq olib, 1 osh qoshiq qatiq bilan aralashtiriladi. Kechki payt, ya'ni quyosh botganidan keyin yuz, bo'yin, qo'llarga surtiladi.
Bu malhamli niqob terini oqartirib, yumshatadi, mayinlik baxshida etadi.

loading...