Putin-Bayden uchrashuvi qachon va qaerda bo'lib o'tishi ma'lum qilindi

0

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o'rtasidagi uchrashuv 15-16 iyun kunlari Jenevada bo'lib o'tadi. Bu haqda o'z manbalariga tayanib MSNBC telekanali xabar berdi.

CNN suhbatlashgan ikki mansabdor ham uchrashuv Jenevada o'tkazilishi to'g'risidagi ma'lumotni tasdiqlagan.

Rossiya tomoni hozircha rejalashtirilgan uchrashuv bo'yicha tafsilotlarni ma'lum qilmadi.

Shveysariya tashqi ishlar vazirligi ushbu xabarni tasdiqlagani ham, rad etgani ham yo'q.

24 may kuni Jenevada Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo'yicha yordamchisi Jeykob Sallivan o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgandi.

loading...